• Телефон: 79-562-17-98

  • Часы работы: 9-00 dan 18-00 gacha

Alohida parvarishga muhtoj bolalar uchun bayram tashkil etildi

Alohida parvarishga muhtoj bolalar uchun bayram tashkil etildi


Kecha, 31-may kuni «Central Park»da Toshkent shahrining ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli maktabgacha ta’lim muassasalarining tarbiyalanuvchilari uchun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan bayram tadbiri uyushtirildi.
Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirida alohida parvarishga muhtoj bo‘lgan 800 tarbiyalanuvchi ishtrok etdi.

«Bolalarni himoya qilish kunida ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalarining tarbiyalanuvchilari uchun alohida bayram tadbiri uyushtirmoqdamiz. O‘sib kelayotgan avlod uchun farovon hayot hamda ishonchli himoyani ta’minlab berish har qanday jamiyatning asosiy vazifasi hisoblanadi. Ba’zi bolalar sog‘lig‘i bo‘yicha imkoniyati cheklanganligi tufayli, biz tomondan ularga alohida e’tibor hamda g‘amxo‘rlik talab qilinishini juda yaxshi tushunamiz. Ayni kunda, O‘zbekiston maktabgacha ta’lim vazirligi, ularni jamiyatga moslashtirish siyosatini olib bormoqda. Joriy yilning aprel oyida Nukus shahrida birinchi reabilitatsiya – ta’lim muassasasi ochildi, shuningdek Toshkent shahrida inklyuziv yo‘nalishdagi birinchi maktabgacha ta’lim muassasasi ish boshladi. Bu ilk qadamlar bo‘lib, O‘zbekistonning barcha bolalarini sifatli maktabgacha ta’lim bilan teng ta’minlash bo‘yicha ishlar davom etadi», – dedi maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin.

Bayram tadbiri musiqa, raqs, ijodiy mahorat darslari, robotatexnika bo‘yicha saboqlar, animatorlarning tanlovi, sport musobaqalari, paraolimpiyachilar bilan uchrashuv, 3D ob’yektli fotohudud kabi qiziqarli mashg‘ulotlarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, ularda bolalarning faol ishtroki har bir tarbiyalanuvchining yoshi va o‘ziga xos tomonlarini hisobga olgan xolda ta’minlandi. Istirohat bog‘i hududidagi barcha attraksionlar bolalar xizmatida bo‘ldi.
Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan uyushtirilgan ushbu tadbirda, 100 ga yaqin ko‘ngillilar ishtrok etib, ular bayram davomida mutaxassislar bilan birgalikda bolalarga hamrohlik qildilar.


Manba: xabar.uz